13:58 O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta majburiy bo‘ladi | |
O‘zbekiston Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, respublikada kuzga qadar “Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. Mazkur qonun bilan har bir fuqaroni tibbiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olish umumiy va majburiy bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Unda har bir fuqaroning tibbiy va profilaktik xizmatlarga teng huquqi, shuningdek, sug‘urta polisiga muvofiq yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolati belgilab qo‘yiladi. Fuqarolar uchun ixtiyoriy va majburiy sug‘urta tizimida ishtirok etishda rag‘batlantiruvchi imtiyoz va preferensiyalar yaratilishi lozim. Qonunda, shuningdek, ixtiyoriy va majburiy tibbiy sug‘urtaning huquqiy asoslari, tibbiy va profilaktik xizmatlar tariflarini tartibga solish masalasi, sug‘urta majburiyatlari, sug‘urta badallari va sug‘urta to‘lovlari miqdorini tartibga solish mexanizmi belgilab qo‘yiladi. Tibbiy sug‘urta mablag‘larini boshqarish uchun Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|