14:23 O‘zbekistonda yana 14 nafar bemor koronavirusni yengdi | |
Samarqand viloyatida 10 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (8 nafari Toyloq tumanidan, Samarqand shahri va Bulung‘ur tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 48 yoshda, eng yoshi kichigi esa 16 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 24 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 34 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 3 nafari poytaxtimizdan, 1 nafari esa Toshkent viloyatidan bo‘lib, ular ham koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda. Ayni paytda Toshkent shahrida tuzalganlar 459 nafarga yetdi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1454 nafarni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi
Manba: "aniq.uz"
| |
|