22:38 O‘zbekistonda yana 227 bemor sog‘aydi | |
Bugun, 9 iyul kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgani haqida xabar bergan edik. Shu soatlarda esa poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 56 nafar, Nuroniylar sihatgohida 107 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 205 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida COVID-19 dan tuzalganlar soni 4 652 nafarni tashkil qilmoqda. Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 464 nafarga, Namangan viloyatida – 298 nafarga, Buxoro viloyatidi – 518 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 7 287 nafarni tashkil etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|