20:28 O‘zbekistonda yana 34 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi | |
Bugun ham o‘tgan kunlardagi kabi koronavirus infeksiyasiga chalingan ko‘plab bemorlarning guruh-guruh bo‘lib sog‘ayib chiqishayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Barchamiz uchun quvonchli bo‘lgan ushbu jarayonda shifokorlarimizning hissasi ulkan ekanini, yana bir bor, alohida e’tirof etish joiz. Ayni shu soatlarda Andijon viloyatida 27 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar, jami 34 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi
Manba: "aniq.uz"
| |
|