21:54 O‘zbekistonda yangi telekanal ish boshladi | |
1 maydan O‘zbekistonda yangi telekanal o‘z faoliyatini boshladi. Avvalroq test rejimida namoyish etilayotgan «Caravan TV» o‘zining to‘liq dasturlarini efirga uzatmoqda. Telekanal ko‘rsatuvlari butun respublika bo‘ylab rus va o‘zbek tillarida namoyish etiladi. Telekanal ijodkorlarining ma’lum qilishlaricha, ayni damda 10 dan ortiq loyihalar tayyorlangan bo‘lib, ular O‘zbekistonning va dunyoning turli mamlakatlari turistik salohiyatini o‘z ichiga oladi. Telekanalni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonning turistik salohiyatini oshirishdan iborat. Loyihalar orasida “San’at va sayohat”, “Cover version battle”, “Caravan music”, “Sayohatdan so‘ng”, “Super 5”, “Govoryat” hamda “Tansi na belom” ko‘rsatuvlari mavjud. Telekanalning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 15-16 may kunlari Toshkent va Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzuida o‘tkaziladigan ikki kunlik xalqaro ilmiy-madaniy kongress doirasida o‘tkaziladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|