Kecha, 4 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:13 da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi kuzatilgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, zilzila markazi Toshkent shahridan 143 km uzoqlikda g‘arbiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududi bo‘lgan.
Zilzila magnitudasi markazda 4,3 balni tashkil etgan, bo‘lib uning kuchi O‘zbekistonning Guliston shahrida 3 ballni tashkil etgan. O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deya yozmoqda FVV,