16:48 O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi | |
Joriy yilning 6-8 fevralda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 6-7 fevralda respublikada shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. 7-8 fevralda respublikada yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi. 7-8 fevralda havo harorati kechalari +3...+8 daraja, kunduz kunlari +10...+15 daraja atrofida bo‘ladi
Manba: "qalampir.uz"
| |
|