17:08 O‘zbekistonning asosiy archasining joyi o‘zgardi | |
Har yil so‘ngida an’anaviy ravishda Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatib kelingan O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi 2016 yilda boshqa joyga qo‘yiladi. Toshkent shahar hokimligidagi manbaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bu yil mamlakatning bosh archasi «Anhor-Lokomotiv» ko‘ngilochar bog‘i oldidagi maydonga o‘rnatiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Anhor-Lokomotiv” parki oldida Yangi yil archasini o‘rnatish uchun joyni hozirlash maqsadida olib borilayotgan qurilish ishlarining suratlari paydo bo‘ldi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|