22:18 O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida yer silkinishi qayd etildi | |
Bugun, 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:10 da (18.11.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 17:10 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi. Zilzila koordinatalari: 39,86 gradus shimoliy kenglik; 68,9 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,1. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 158 km janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha. Zilzila O‘zbekiston hududida: Guliston : 71 km, 3 ball.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|