Главная » 2021 » Сентябрь » 7 » O‘zbekistonning davlat qarzi ko‘paydi
18:23

O‘zbekistonning davlat qarzi ko‘paydi


O‘zbekiston Respublikasining umumiy davlat qarzi joriy yilning boshiga nisbatan 3,7 foizga ya’ni 858,6 mln dollarga oshgan holda 2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, 24,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida keltirilgan.

Mamlakatning umumiy tashqi qarzi qoldig‘i – 21,8 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 34,7 foizni, ichki qarzi qoldig‘i esa 2,4 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligida davlat qarzi qoldig‘i 858,6 mln dollarga oshishi O‘zbekiston nomidan va davlat kafolati ostida investitsiya loyihalarini hamda davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish uchun tashqi va ichki manbalardan jalb qilingan qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi, qarz majburiyatlari bo‘yicha asosiy qarzning so‘ndirilishi hamda davlat qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar bilan izohlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 363,4 mln dollarga, davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 319,1 mln dollarga, davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat byudjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i esa 250,8 mln dollarga oshgan.

Shuningdek, O‘zbekiston nomidan 2 240,9 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilinishi hamda 3 020,0 mlrd so‘m miqdoridagi DQQ so‘ndirilishi natijasida DQQ bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i 779,1 mlrd so‘mga kamaydi.

Davlat tashqi qarzi portfeli tarkibida 11,7 foizni tashkil qiluvchi valyuta – Yaponiya iyenasi esa joriy yilning yanvar-iyun oylarida AQSH dollariga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qarzi, davlat, O‘zbekistonning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz