22:00 O‘zbekkonsert bir necha taniqli xonandalarning lisenziyasini olib qo‘ydi | |
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan to‘rt nafar san’atkorning lisenziyasi bekor qilindi. “Lisenziatlar Toxir Sodiqov, Aziza Niyozmetova, Sharof Muqimov va Sherali Bekmurodovlar bilan tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.-bandida nazarda tutilgan shartlar buzilganligi, sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 11 iyuldan tugatilganligi bildiramiz”,—deyiladi muassasa rasmiy saytida.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|