Главная » 2017»Май»31 » Yana bir xonandaning lisenziyasi olib qo‘yildi
17:16
Yana bir xonandaning lisenziyasi olib qo‘yildi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan xonanda Shahnoza Otaboyevaning lisenziyasi olib qo‘yildi. Bu haqda muassasa saytida xabar berildi.
“Lisenziat Shahnoza Otaboyeva bilan tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bir marta qo‘pol ravishda buzilgani sababli ushbu xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 1 iyundan tugatilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.