21:12 Olimlar 100 yoshgacha yashash sirini ma’lum qildi | |
Amerikalik olimlar inson umrini 100 yilga qadar uzaytirish usulini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, insonning uzoq umr ko‘rishiga nafaqat genlar, balki u yashaydigan joy ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu boradagi tadqiqot natijalari International Journal of Environmental Research and Public Health’da keltirilgan. Mutaxassislar 2011-yildan 2015-yilga qadar 75 va undan katta yoshda vafot etgan 145 ming kishining yashash joyi, ma’lumoti va ijtimoiy holatini tahlil qilib chiqqan. Shuningdek, kambag‘allik darajasi, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati, havoning iflosligi, yashil hududlar soni ham inobatga olingan. Aniqlanishicha, 100 yoshgacha yashash uchun inson yuqori ijtimoiy mavqega ega bo‘lishi, yashil hududlar ko‘p bo‘lgan joyda istiqomat qilishi, muntazam sayrga chiqib turishi, transport va tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, olimlarning aniqlashicha, erkaklarga qaraganda ayollar ko‘proq 100 yoshgacha yashaydi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|