18:53 Olimlar Antarktidada topilgan «koptok»ning sirini fosh etishdi | |
Xalqaro olimlar guruhi 2011-yil Antarktida topilgan koptok shaklidagi sirli qazilma million yillar muqaddam bahaybat dengiz jonivorlari qo‘ygan tuxum ekanligini aniqlashdi. Tadqiqotchilarning xulosasi «Nature» jurnalida chop etilgan. Qadimiy qazilmani mikroskop yordamida o‘rganib chiqqach, mutaxassislar membrananing bir necha qavatini ko‘zdan kechirishgan. Bu esa yumshoq qobiqli tuxum ekanligini tasdiqlaydi. Olimlar, shuningdek, qazilmaning yoshi taxminan 66 million yil ekanligini aytishmoqda. Tuxum ichi bo‘sh bo‘lganligidan tadqiqotchilar ichida qanday mavjudot dunyoga kelganini aniqlash uchun tuxumlarining hajmi bir xil bo‘lgan 259 xil sudralib yuruvchining tanasini taqqoslab ko‘rishga to‘g‘ri keldi. Keyin ular kattaligi bir xil bo‘lgan qirilib ketgan jonivorlar katalogini o‘rganishdi. Shundan so‘ng topilgan tuxum qadimgi dengiz jonivori — mozazavr tomonidan qo‘yilgan degan xulosaga kelishdi. Ta’kidlanishicha, bu Antarktidada qazib olingan birinchi tuxum hisoblanadi. Topilmaning muhimligi shundaki, bu mozozavr kabi mavjudotlar tuxum qo‘yishmagan degan fikrni shubha ostida qoldirdi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|