19:15 Olimlar: har bir gramm kolbasa inson hayotini 27 soniyaga qisqartiradi | |
Michigan universiteti (AQSh) mutaxassislari 6000 ta taom va mahsulotlarning inson umriga ta’sirini taxmin qilishdi. Buning uchun ular standartlashtirilgan matematik tizimni yaratdilar, deb xabar beradi The Telegraph. Olimlar aniqladilarki, odam iste’mol qiladigan bir gramm kolbasa inson hayotini 27 soniyaga qisqartiradi. Sendvich 26 daqiqa, chizburger 8,8 daqiqa va bitta koka-kola 12,5 daqiqani "eydi". Pishloqning har bir bo‘lagi umrini bir daqiqadan ko‘proq qisqartirishi aniqlandi. Shu bilan birga, ba’zi mahsulotlar umrini uzaytirishi mumkin. Shunday qilib, bir bo‘lak yong‘oq 26 daqiqa va losyosning har bir qismi 13,5 daqiqa umr qo‘shadi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|