08:38 Olimlar ota-onaning umrini qanday uzaytirish mumkinligini aniqlashdi | |
Olimlar muhim va noodatiy kashfiyotlari bilan bizni tez-tez hursand qilib turishadi. Masalan, yaqinda Kaliforniya universiteti olimlari ota-onalarimizning umrini qanday uzaytirish mumkinligini aniqlashdi. Buning yo‘li juda oddiy ekan. AdMe.ru tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdi, shundan so‘ng yaqinlarimizga bizning e’tiborimiz qanchalik muhim ekanligini anglab yetasiz. Aniqlanishicha, yolg‘izlik insonni qaritadigan va o‘limga olib boradigan asosiy sabab sanaladi. Olimlar 1 600 nafar qariyaning hayotini kuzatishdi, ularning o‘rtacha umri 71 yoshni tashkil qildi. Unda salomatlik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar hisobga olinmadi. Faqat yolg‘izlik. 6 yil davomida tadqiqotning 23% yolg‘iz ishtirokchilari, yaqinlari doimiy ravishda xabar olib turadigan bor yo‘g‘i 14 % keksalar vafot etishdi. Inson yoshi ulg‘ayishi bilan yaqinlari bilan munosabatlarga katta ahamiyat beradi. Bu vaqtda esa farzandlarda ota-onalari bilan muloqot qilishga vaqt yetishmasligi mumkin. Keksalar doimiy ravishda do‘st va yaqinlarining kamchiliklariga sabr bilan munosabatda bo‘lishadi. Ular doim o‘z hayotiy tajribalari bilan bo‘lishishga tayyor. Hayotimizda biror mushkullikka duch kelishimiz bilan biz birinchilardan ota-onalarimiz, buvi-buvalarimizning huzuriga oshiqamiz. Shu sababli ular ham bizning mehr-muhabbatimiz va e’tiborimizga muhtoj ekanliklarini unutmang. Haftada hech bo‘lmasa 2 soat, kuniga bor yo‘g‘i bitta qo‘ng‘iroq — va siz ularning umrlarini uzayishi uchun yana bir imkoniyat yaratasiz.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|