Главная » 2021 » Август » 23 » Olimlar ro‘za tutishning foydali tomonlarini aniqladi
18:42

Olimlar ro‘za tutishning foydali tomonlarini aniqladi


Vaqti-vaqti bilan ro‘za tutish ozishdan tashqari sog‘liq uchun ham foydali. Bu haqda Kaliforniyadagi Solka biologik tadqiqot instituti olimlari ma’lum qildi. 

Amerikalik mutaxasisslar vaqti-vaqti bilan och qolish ozishdan tashqari tananing boshqa a’zolariga qanday ta’sir qilishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Ular tajriba sifatida sichqonlardan foydalandi. 

Olimlar laboratoriya hayvonlariga yog‘ va shakar ko‘p bo‘lgan ovqatlar berib, so‘ng ularni 9 soat och qoldirdi. Ya’ni, hayvonlar kechasi oziqlanib, kunduzi och qoldi.

Tajriba davomida kemiruvchilar jigarining kimyoviy tarkibi, qondagi glyukoza darajasi, umumiy mushak og‘irligi tahlil qilingan, shuningdek ishchanlik, bardoshlilik va sepsis (qonga kirgan zararli mikroblar tufayli butun organizmning zaharlanishi) holatiga chidamliligi testdan o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, vaqti-vaqti bilan ro‘za tutish nafaqat metabolik kasalliklar balki diabet, yog‘li jigar kasalligi, jigar saratoni va hatto COVID-19 kabi yuqumli kasalliklarni davolashda yordam beradi.

Tadqiqot mualliflarning fikricha, vaqti-vaqti bilan ro‘za tutish diabet va metabolik sindromning oldini olish yoki davolashning deyarli bepul hamda qulay usuli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, interval ovqatlanish zaharlanish oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holatidan himoya qilishini aniqlagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ro‘za, olimlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz