14:17 Ona qizining yotoqxonasida arvohni ko‘rganini bildirdi | |
Avstraliyalik Jeyd Yates ismli ayol Feysbukka arvoh aks etgan videoni joylashtirdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri. Ayolning kichkina, Rubi ismli qizi xonasida yolg‘iz uxlagani sababli, u kechasi qizini nazorat qilish uchun yotoqxonaga videokamera o‘rnatdi. Bir kuni ayol kuzatuv kamerasiga qarab turib, dahshatga tushdi. Qizining karavotchasi ustida harakatlanayotgan shaffof, oq dog‘ga ko‘zi tushdi. Uning aytishicha, xonaning eshik va derazasi yopiq bo‘lgan. Shu sababli u mazkur video yuzasidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikri bilan qiziqqan: “Bugun kechasi umuman uxlay olmasam kerak. Balki kimdir ruh va arvohlarning borligiga ishonar, ammo men shu kungacha ularning mavjudligiga ishonmaganman. Qizim Rubining karavotchasi ustida turgan narsani ko‘rib, dahshatga tushdim. U nima bo‘lishi mumkin? Qo‘rqib ketgan ona.” Bu videoni uch milliondan ortiq odam tomosha qilib, fikr bildirdi. Ularning aksariyati oq dog‘ni xira nur, shu’la deb, ba’zi mistikaga ishonuvchilar esa arvoh deb tan olgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|