13:23 Ovozga qarab yolg‘onni aniqlash mumkin — g‘aroyib tizim ishlab chiqildi | |
Rossiyalik muhandislar dunyoda birinchi bo‘lib ovozga qarab yolg‘onni rostdan ajratib beruvchi onlayn tizimni ishlab chiqishdi, deb yozmoqda «Izvestiya». RiskControl tizimi savollarga berilgan javoblar haqqoniyligini aniqlashda hammaga ma’lum tamoyilga asoslanadi: kishi yolg‘on so‘zlayotganida stress holatiga tushadi. Shunday savollar berish kerakki, ularga qaytariladigan javoblar «ha» yoki «yo‘q» bo‘lsin. Tizim birinchi bosqichda odamning emotsional neytral ovoz namunasini olish uchun nazorat savollarini beradi, keyin esa ular bilan navbatdagi (haqiqiy) savollarning javoblarini taqqoslaydi. «Bizni eng ajablantirgani sinovda qatnashayotgan odam «ha» deya javob qaytarganida uning ovoz chastotalari spektri xuddi «yo‘q» deyilgandagi kabi yolg‘on alomatini namoyish etishi bo‘ldi. Bu alomat deyarli har safar yolg‘ondan darak beradi», — dedi «Fora dijital» kompaniyasining fan ishlari bo‘yicha direktori Maksim Konobeyevskiy.
Manba: "xabar.uz"
| |
|