Главная » 2021 » Февраль » 17 » Farg‘onada mushuk go‘shti sotilgani haqidagi xabarlar yolg‘on
16:01

Farg‘onada mushuk go‘shti sotilgani haqidagi xabarlar yolg‘on


Ikki tonna go‘sht mahsulotlari chiqarish uchun Farg‘onada shuncha mushuk bormikin? Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada odamlarga mushuk go‘shti sotilgani haqida ma’lumot tarqatildi.

Aytilishicha, 15 fevral kuni Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida aholi gavjum joylarda mushuk go‘shtidan kabob va manti taomlari tayyorlanib, aholiga sotilgani aytilgan. Bugungi kunda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan ushbu uddaburon tadbirkor va uning sheriklarini hibsga olinib, ularga jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, ma’lumotda tadbirkorning omboridan foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan qariyb ikki tonna go‘sht mahsulotlari topilgani ma’lumot o‘rnida keltirilgan. Agar o‘ylab ko‘rilsa ikki tonna go‘sht mahsulotlari chiqarish uchun Farg‘onada shuncha mushuk bormikin? Biz ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot rost yoki yolg‘on ekanligiga oydinlik kirtitish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati bilan bog‘landik. Berilgan ma’lumotga ko‘ra mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.

Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limidan ushbu holatning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, boshqarmada ushbu holat bo‘yicha hech qanday ish ko‘rib chiqilmaganligi ma’lum qilingan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yolg‘on, Farg‘onada, mushuk, go‘shti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz