09:31 Farg‘onada odamlarga mushuk go‘shti sotilgani aytilmoqda | |
15 fevral kuni Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida mushuk go‘shti va undan tayyorlanadigan tamolar sotgan uddaburon tadbirkorlar qo‘lga tushdi. Tadbirkor va uning sheriklarini hibsga olish Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reyd doirasida amalga oshirildi. Odamlarga Islom dinida iste’molga xarom qilingan mushuk go‘shtini sotgan tadbirkorning omboridan foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan qariyb ikki tonna go‘sht mahsulotlari topilgan. Mazkur go‘shtlardan aholi gavjum joylarda kabob va manti taomlari tayyorlanib, sotib kelingan. Ayni paytda tadbirkor va uning sheriklariga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|