08:57 Ovqat hazmi yaxshilanishi uchun... | |
— Ko‘pincha yegan ovqatim hazm bo‘lmay, qiynalaman. Qanday chora ko‘rsam ekan-a? Salomat, Jizzax shahri. Elmira Muhammadiyev, terapevt: Ovqat singishiga yordam beradigan shunday bir muolajani uy sharoitida qo‘llasangiz bo‘ladi: moychechak, qizil poycha (zveroboy), bo‘znoch (bessmertnik), yertut (zemlyanika) barglari va oqqayin kurtagining har biridan 100 grammdan olib, yaxshilab aralashtiring. Shuning ikki osh qoshig‘ini termosga solib, ustiga 400 gramm qaynoq suv quying. 7-8 soat tursin. Har kuni ikki mahal ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin yarim stakandan iliq holida ichishingiz kerak. Agar damlamani taxir holida icholmasangiz ichiga bir choy qoshiq asal soling. Muolaja muddati - ikki oy.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|