20:35 Prezident qarori: O‘zbekistonda «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi | |
O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali. Qarorga muvofiq: Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ qilib belgilandi; kripto-aktivlar sohasida mayning, smart-kontraktlar, «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi; «blokcheyn» texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi; jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi kripto-aktivlar aylanmasi va ulardan olingan daromadlar soliqqa solish ob’ektlari bo‘lib hisoblanmaydi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|