19:33 Putin qattiq adashdi – Prigojin | |
Matbuot xizmatining Telegram-kanaliga joylashtirilgan audioyozuvda Prigojin taslim bo‘lmasligini bildirgan. “Vatanga xiyonat borasida Prezident qattiq yanglishdi. Biz yurtimizning vatanparvarimiz, kurashganmiz va kurashyapmiz. Hech kim Prezident, FXX yoki boshqa birovning iltimosiga ko‘ra o‘zini topshirmaydi, chunki biz mamlakat korrupsiya, yolg‘on va byurokratiya ichida yashashini istamaymiz”, degan Putinning oshpazi.Eslatib o‘tamiz, oldinroq Putin shoshilich xalqqa murojaat qilib, qo‘zg‘olonni tayyorlaganlarning hammasi muqarrar jazoga tortilishini aytgandi. Rossiyada bo‘layotgan voqealar Bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab oldi. Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, murojaat bilan chiqdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi. Shunday qizg‘in vaziyatdan Ramzan Qodirov ham chetda qolgani yo‘q. U Checheniston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Rossiya gvardiyasi jangchilarini keskinlik yuzaga kelgan zonalarga jo‘natdi. Bu orada Putin Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkiya raxbarlariga qo‘ng‘iroq qildi. U Qosim-Jomart To‘qayev, Shavkat Mirziyoyev, Aleksandr Lukashenko va Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Rossiyadagi vaziyat haqida xabardor qilgan. Putin bilan suhbatdan so‘ng Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati bayonot berib, Qosim-Jomart To‘qayev davom etayotgan voqealar Rossiyaning ichki ishi ekanini aytganini bildirdi. Erdo‘g‘an esa Putinning har qanday qadamlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati esa o‘zaro suxbatda ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinganini yozgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|