09:32 Putinning hamtovog‘i va ashaddiy tanqidchisi o‘ldi | |
Rossiyalik taniqli siyosatshunos va siyosiy strategi Gleb Pavlovskiy 72 yoshida vafot etdi. U 1990-2000-yillarda Kremlda ishlagan, keyin esa uning tanqidchilaridan biriga aylangan. Pavlovskiy kecha, 26 fevral kuni Moskvadagi hospisda og‘ir va uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan. 1990-2000 yillarda Pavlovskiy Rossiya Prezidenti ma’muriyatining eng mashhur maslahatchisi, “Samarali siyosat jamg‘armasi”ni asoschisi bo‘lgan. Vladimir Putin va "Yagona Rossiya" saylovoldi kampaniyalarida qatnashgan. Pavlovskiy Kremlning tanqidchisiga aylanishidan oldin Putinning maslahatchisi lavozimida ishlagan. U Rossiyadagi siyosiy rejim mafkurachilaridan biri hisoblanadi, u "suveren demokratiya" konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etgan, uning muallifi Kreml ichki siyosatining sobiq kuratori Vladislav Surkov hisoblanadi. Pavlovskiy asosan “zamonaviy rus siyosiy tili” va “zamonaviy siyosiy elita”sini yaratgan. Kreml bilan hamkorlik 2011 yil aprel oyida yakunlandi – prezident ma’muriyati jamg‘arma bilan shartnomani bekor qildi. Pavlovskiy Putinning uchinchi muddatga saylanishiga qarshi chiqdi. Kreml bilan aloqalarini uzgach, u rasmiylarni tanqid qildi, tez-tez mustaqil matbuotda chiqdi va muxolifat namoyishlarida qatnashdi. 1995 yilda Pavlovskiy Putinning 2000 yilgi prezidentlik kampaniyasini ishlab chiqqan “Samarali siyosat jamg‘armasi”ga asos solgan. Siyosiy strateg 2004 yilda Ukrainada Viktor Yanukovichning saylovoldi kampaniyasida ham qatnashgan. 2005 yilning oktyabridan 2008 yilning apreligacha u NTV telekanalida Kreml siyosatini targ‘ib qiluvchi “Haqiqiy siyosat” dasturining boshlovchisi bo‘lgan. Va so‘nggi yillarda u “Dojd” telekanalining doimiy mehmoni bo‘lib, u yerda rasmiylarni tanqid qilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|