19:22 Putin Rossiya dollardan voz kechadimi degan savolga javob berdi | |
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSh dollaridan butunlay voz kechmoqchi emasligini aytdi, deb xabar bermoqda REGNUM. «Agar dollar haqidagi gaplarimni biz undan zaxira valyuta yoki universal hisob-kitob vositasi sifatida voz kechishni istayapmiz, deb tushungan bo‘lsangiz, unday emas», — dedi Putin. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u AQSh hukumati dollardan sanksiyaviy chora sifatida foydalanayotgani haqida gapirgan. Masalan, Rossiya hamkorlari bilan harbiy-texnik sohada dollarda hisob-kitob qila olmaydi, chunki bunga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan. Shu bois Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda boshqa valyutalarga o‘tishga majbur. «Amerikalik sheriklarimiz bizni bunga majbur qilyapti. Biz o‘z xohishimiz bilan emas, majburan shunday qilyapmiz», — dedi Putin. Uning ta’kidlashicha, AQSh bu harakati bilan o‘ziga o‘zi zarar bermoqda, chunki dollarda hisob-kitob qilish ishonchli emas.
Manba: "aniq.uz"
| |
|