Главная » 2017 » Март » 12 » Qarshida 10 yashar bola o‘z uyida o‘ldirib ketildi
13:08

Qarshida 10 yashar bola o‘z uyida o‘ldirib ketildi


Joriy yilning 6 mart kuni soat 15:30 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Kat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan uydan 10 yoshli o‘g‘il bolaning o‘tkir tig‘li jism bilan ko‘p marotaba jarohat etkazilgan holdagi jasadi topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, noma’lum shaxs uni o‘ldirib, hovlida bo‘lgan Damas rusumli avtomashina hamda ichida pul va sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari bo‘lgan temir sandiq (seyf)ni olib ketgan.

Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina Mashab ko‘chasi 17-uy oldida qoldirib ketilganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar jarayonida mazkur mudhish jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Kasbi-Kogon yo‘lida ketayotganida shu hududda xizmat olib borayotgan Kasbi tumani IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi milisiya tayanch punkti profilaktika inspektori Shuhrat Murodov tomonidan qo‘lga olingan.

Ushbu qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib chiqdi. Uning uyidan temir sandiqning kesilgan qoldiqlari hamda sumkasidan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan pullar, obligatsiyalar va sariq metalldan tayyorlangan zargarlik buyumlari daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur jinoyat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi paytda tergov harkatlari olib borilmoqda.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hayotdan olib ketdi, Er-xotin, ro‘y bergan, Toshkentda, yong‘in, uylardan biri | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz