Главная » 2020 » Сентябрь » 10 » Qaysi yoshdagi bolalarda koronavirus yuqtirish xavfi yuqori?
12:49

Qaysi yoshdagi bolalarda koronavirus yuqtirish xavfi yuqori?


Bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva koronavirus infeksiyasi yuzasidan aholi savollariga javob qaytardi.

Farzandimda raxit kasaligi natijasida ko‘krak qafasi ichki tomonga kirib o‘sgan. U qanday tartibda tahsil olgani ma’qul?

— Voyaga yetmaganlar orasida 6-7 yoshdagi bolalar COVID-19ga chalinishi eng yuqori moyillikda deb baholanadi.

Koronavirus infeksiyasi rivojlanish xavfi quyidagi bolalarda kuzatilishi mumkin:

  • tana vazni kam bo‘lgan;
  • raxit;
  • temir tanqisligi -kamqonlik;
  • bronxial astmadan aziyat chekuvchilar;
  • tug‘ma yurak nuksonlari mavjud bo‘lganlar;
  • endokrin tizimi va siydik ajratish tizimi kasalliklarida;
  • onkologik kasalliklarda;
  • turli genezli immunodefitsit xolatlarda.

Agar sizning farzandingizda yuqorida keltirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, darslarni onlayn o‘zlashtirish tavsiya etiladi.

Angina va allergik kasalligi bor bolalar maktabga borsa bo‘ladimi?

— Agar farzandingizda surunkali tonzillit mavjud bo‘lsa, koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori.

Shu sababli, ushbu kasallik mavjud bo‘lgan insonlar niqob taqish, og‘iz bo‘shlig‘ini chayqash va infeksiya o‘choqlarini sanatsiya qilish maqsadida o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kasallikning xuruj davrlarida distansion o‘qishga o‘tish tavsiya qilinadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: yuqtirish xavfi, Qaysi yoshdagi, Koronavirus, bolalarda, Yuqori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz