20:11 Qiynoqmi yo «ishq» kasofati? Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlardagi xabarga oydinlik kiritdi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘ttiz to‘rt yashar fuqaro go‘yoki Angren IIB tergov bo‘limida qiynoqqa solingani aytilib, xabarga uning (fuqaroning) yuz-ko‘zlaridan qon oqib turgan surati ilova qilingan. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi. Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, fuqaroga nisbatan qiynoq qo‘llanganligi tasdig‘ini topmadi, aksincha, voqelikka sabab bo‘lgan omil butunlay boshqa bo‘lib chiqdi. Aniqlanishicha, shu yilning 7-avgust kuni kechasi Toshkent viloyati Krasnogorsk qo‘rg‘onidagi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi X. N. mast holatda tanishi va qo‘shni «dom»da istiqomat qiluvchi G. A. (ayol, 1987-y. t.) bilan Chavlisoy dala-hovli hududining aholi yashaydigan joyda «dam olib» yo-yotishgan paytda shu yerda yashovchi A. A. (1983-y.t.) ularning ustiga kelib qoladi. A. A. ularga bu yer «dam oladigan» joy emasligini aytib, ketishlarini talab qilishi ortida ikki o‘rtada janjal kelib chiqadi. Dahanaki janjal mushtlashuvga aylanib ketishi oqibatida tomonlar bir-biriga tan jarohatlari yetkazishadi. Har ikkisi ham deyarli bir vaqtda Tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilishgan. Krasnogorsk qo‘rg‘oni Tez tibbiy yordam bo‘limining 07.08.2020 yildagi №-4635-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro X.N.ning bosh tepa sohasi yorilgan, ko‘plab shilingan jarohatlari borligi aniqlangan. O‘z navvbatida A.A.ning ham peshona sohasi yorilgan jarohati, ko‘plab shilingan jarohatlari borligi tan-jarohatlari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Angren shahar IIB Navbatchilik qismining 2-Shakl jurnalidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Angren shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Hozircha bor gap shu.
Manba: "xabar.uz"
| |
|