Главная » 2020 » Сентябрь » 7 » Quloq shang‘illashi qanday kasalliklar alomati hisoblanadi?
08:51

Quloq shang‘illashi qanday kasalliklar alomati hisoblanadi?


“Qaysi quloq qiziyapti, o‘ngmi yoki chap?” – barcha uchun ma’lum bo‘lgan hazil ibora. Hazil o‘z o‘rnida, albatta. Ammo quloqlardagi shang‘illash hech qanday sababsiz, muntazam ravishda takrorlanib, uzoq vaqtgacha tark etmasa bu nimani anglatishi mumkin?

Tinnitus nima?

Tinnitus – boshning ichki qismidan chiqadigan hushtak, shovqin, shang‘illash, xirillash va shu kabi boshqa tovushlarning rasmiy nomi. Doimiy charchoq, stress, yuqumli kasalliklar yoki uzoq vaqt davomida juda baland tovush ta’sirida bo‘lgan insonlar vaqti-vaqti bilan bunday holatga duch keladi.

Tinnitus vaqtincha yoki surunkali bo‘lishi mumkin. Agar vaqtinchalik bo‘lsa, deyarli zararsiz hisoblanadi. Masalan, konsert, pirotexnika va boshqa baland tovushlar hisi bir qancha vaqt paydo bo‘lishi mumkin, lekin juda tez o‘tib ketadi.

Surunkali tinnitus qayta-qayta takrorlanadi, shuningdek, davomiyligi ham uzoq vaqtni tashkil etib, qo‘shimcha alomatlar bilan birga bo‘lishi mumkin. Masalan, eshitish qobiliyatining pasayishi yoki umuman yo‘qolishi kabilar.

Qaysi hollarda xavfli?

Agar shovqin yoki tinnitus qayta takrorlanib tursa, shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur. U paydo bo‘lishining eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri oltingugurt tushishi yoki quloq kanalida boshqa bir to‘siqlar paydo bo‘lishidadir. Bunday hollarda oltingugurt yoki begona narsalarning yallig‘lanish jarayoniga olib kelmaslik uchun quloqni o‘z vaqtida yuvish muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, shovqin faqat bitta quloqda sezilsa, eshitish qobiliyati susaysa va bosh aylanish belgilari kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

To‘satdan paydo bo‘lgan tinnitus yana nimadan ogohlantirishi mumkin?

Bunga gipertireoz, anemiya va bosh jarohati sabab bo‘lishi mumkin. Quloqni bezovta qiladigan tinnitus ba’zi hollarda quloq va miya orasidagi asabga ta’sir qiluvchi o‘smaning belgisi ham bo‘lishi mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: kasalliklar alomati, quloq, qanday, shang‘illashi, hisoblanadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz