14:54 Rayhon Lola bilan munosabatlari haqida gapirdi | |
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘zining yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rish bilan birga turli internet nashrlarga shov-shuvli intervyular berishga ham ulgurmoqda. Xonandaning navbatdagi oshkora suhbati “Shok.uz” sayti uchun bo‘ldi. intervyu davomida Rayhon shaxsiy hayoti va ijodiga daxldor ko‘plab savollarga javob berdi. Sayt muxbirining “Lola bilan janjallashgan ekansiz?” qabilidagi savoliga Rayhon quyidagicha javob berdi: “Yo‘q, shunchaki Lola bilan yo‘llarimiz ayro tushdi. U bilan gaplashmay qo‘ydik. Aslida biz hech qachon do‘st bo‘lmaganmiz. Manzura bilan urishib, janjallashib qolganimiz haqida ham mish-mishlar tarqaldi. Aslida esa Manzura bilan o‘rtamizda hech narsa bo‘lmagan. Biz shunchaki hamkasblarmiz. Biz do‘st yoki dugona emasmiz. Biz biron joyga birga bormaymiz. Men ularni tug‘ilgan kunlarga taklif qilmayman. Ya’ni biz shunchaki bir soha vakillarimiz. Men ularga hurmat bilan munosabatda bo‘laman, biroq bu do‘stlik emas. Lola bilan o‘rtamizda hech qanday ziddiyatli vaziyatlar bo‘lmagan. Shunchaki bizning o‘rtamizda masofa bor”. Ma’lumot uchun, Rayhon va Lola ijrosidagi “Ko‘nikmadim” dueti keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan edi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|