Главная » 2020 » Апрель » 20 » Rossiya qachon normal hayotga qaytishi aytildi
10:27

Rossiya qachon normal hayotga qaytishi aytildi


Rossiya Federatsiyasi fuqarolari iyunning oxiriga borib odatiy hayot tarziga qaytadilar. Bu haqda Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti “LETI“ Yoshlar ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Artur Karimov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya koronavirus infeksiyasi tarqalishining sekin o‘sishi kuzatilmoqda. Vaziyat shu holatda ketsa, may oyi o‘rtalarida kasallikning eng yuqori cho‘qqisi kuzatiladi. Bunday holda, iyun oxirida normal hayotga qaytishni boshlash mumkin.

“Bir hafta ichida kasallanganlar soni keskin ko‘payishi mumkin. 23 aprelga kelib, butun mamlakat bo‘ylab koronavirus yuqtirganlar soni 68-72 mingga yetishi kutilmoqda. Epidemiya bilan bog‘liq vaziyat hozir optimizm va pessimizm ssenariylari o‘rtasida rivojlanmoqda. Ayni vaqtda kasallikning tez ko‘payishining oldini olish mumkin“, deydi ilmiy xodim.

Karimov infeksiyaning tarqalish dinamikasini bashorat qilishda asosiy qiyinchilik asimptomatik infeksiya tarqatuvchilari bilan bog‘liqligini ta’kidladi. U bunday odamlarni pandemiya qo‘zg‘atuvchisi deb atadi. Olimning qo‘shimcha qilishicha, agar cheklov choralari ertaroq olib tashlansa, virus yana keng tarqalishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 42 853 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 291 nafari sog‘aygan, 361 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 39 201 kishini tashkil qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: normal hayotga, qaytishi aytildi, Rossiya, qachon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz