17:26 Rossiyada IIV Polkovnigi 50 million rubl pora bilan qo‘lga tushdi | |
Rossiya IIVning Shimoliy-G‘arbiy okrugi shaxsiy xavfsizdik bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Yuriy Timchenko Sankt-Peterburg shahrida 50 million rublni pora sifatida olayotganda qo‘lga olindi, deb xabar berdi “Mir24.tv” nashri. Yuriy Timchenko bilan birga huquq tartibot idorasida ishlovchi fuqarolar Konstantin Marchenkov va Sergey Zinovenkolar ham qo‘lga olindi. Ular Rossiya Jinoyat Kodeksining 291-moddasi, 4-qismi bilan “pora olganlik”da ayblandi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|