Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi rossiyalik aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, ularni eng ko‘p nima bezovta qilayotganini aniqladi.
Unga ko‘ra, 24% respondentlar Rossiya fuqarolarining bosh muammosi sifatida mamlakatda yashash darajasining pastligini e’tirof etishdi. 21% va 18 % so‘rovnoma ishtirokchilari iqtisodiy va ijtimoiy siyosatdan tashvishda ekanliklarini aytgan.
Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, shuningdek, yashash va oylik maosh masalasi bir necha oy avval oldinga surilganini va bu muammo hali ham saqlanib qolganini ta’kidladi.
Qolaversa, rossiyaliklarni mamlakatdagi sog‘liqni saqlash masalasi, ishsizlik, nafaqa va ta’lim sohasidagi muammolar, korrupsiya, inflyatsiya masalalari ham bezovta qilmoqda.