Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Rossiyadagi «Eshak» restorani ekstremizm bilan aloqadormi?
17:47

Rossiyadagi «Eshak» restorani ekstremizm bilan aloqadormi?


Rossiyadagi o‘zbeklar jamoatchiligi Yekaterinburgda EShAK deb nomlangan restoran ochilishidan g‘azabini yashirishmayapti. Ushbu restoran mashhur komik Sergey Svetlakovga tegishli, deb xabar qilmoqda Znak.com sayti. 

«Ural-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati» raisi Obid Turatovning ta’kidlashicha, sharqiy libos kiygan va palov to‘la qozon yonida turgan Svetlakovning ortida eshak suratining restoran reklamasiga joylashtirilishi O‘zbek xalqini haqoratlovchi mazmunga ega. 

Shu munosabat bilan, Turatov Sverdlov viloyati inson huquqlari bo‘yicha vakolatli idora va Ekstremizmga qarshi kurash markaziga murojaat qilgan. U, shuningdek, prokuraturaga ham ariza topshirish niyatida. 

«Ushbu haqoratomuz reklamani olib tashlashiga erishmoqchiman. Nima uchun? O‘zaro dushmanlik urug‘ini sepmaslik uchun. Kutilmaganda xalqimizning yoshlari ichib olib, reklamani ko‘rishadi va restoran oynalarini sindirishadi? – degan Turatov.  – Toshkentda, negadir rus oshxonasiga doir «Svinya» nomli restoran yo‘q. Chunki, bu ham haqoratli tuyuladi!» 

Ayni chog‘da EShAK restoranini o‘z ichiga oluvchi Bulldozer Group marketing direktori Olga Glushkovaning so‘zlariga ko‘ra, restoran reklamasi kimlarningdir hissiyotlarini kamsitish maqsadiga ega emas. 

«Sergey Svetlakov bundan juda xafa. Bizning tushunishimizcha, ular shu yo‘l bilan o‘zlarini ko‘rsatishmoqchi. Buning bari barmoq orasidan kir qidirish kabidir. Bizning restoran o‘zbek oshxonasi emas, balki sharq taomlarini tayyorlaydi. Shunga ko‘ra, biz hech kimni haqorat qilayotganimiz yo‘q. Mehmonlarmizni ham bunday chaqirmaymiz. Shu bilan birga, biron kishining g‘ururini poymol qilmoqchi ham emasmiz. Svetlakov ancha vaqtdan buyon tug‘ilib o‘sgan shahriga ajoyib taomlarga ega yaxshi restoran taqdim qilishni o‘ylab yurar edi. Mojaroning nima keragi bor, tushunmadim», - degan Glushkova.

Znak.com avval xabar berganidek, Yekaterinburg shahridagi EShAK restorani 12 dekabrda ochilishi kutilayapti. 

EShAK restoranlari tarmog‘iga aktyor, prodyuser va teleboshlovchi Sergey Svetlakov va restorator Aleksandr Orlov asos solgan. Taomlarni toshkentlik bosh oshpaz tayyorlaydi. Mazkur restoranlar tarmog‘i Moskvaning Rublev shossesi va Odinsovo hududida ikkita shaxobchasiga ega. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ekstremizm, Rossiyada, bilan, Restoran, aloqadormi, Eshak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz