20:30 Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi qachon chetga sotilishi ma’lum bo‘ldi | |
Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining keng ko‘lamli eksporti kelgusi yilda boshlanadi, deya xabar qildi jurnalistlarga Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov. «Ob’yektiv aytadigan bo‘lsak, gap eksport haqida borar ekan, bu taxminimizcha, kelgusi yilning bahorida ro‘y beradi», - dedi u. Eksportni yo‘lga qo‘yishda ishlab chiqarish ko‘lami, muhim rol o‘ynaydi, deya qo‘shimcha qilgan Manturov. Bundan tashqari, ko‘p narsa Rossiya institutlarining chet ellik hamkasblari bilan o‘zaro hamkorligiga bog‘liq, qolaversa, bir sikl sinovlardan o‘tishi kerak, deya qayd etgan RF Sanoat va savdo vazirligi rahbari. Avvalroq Rossiyaning ushbu vaksinasiga 20 dan ortiq davlatlardan buyurtmalar kelib tushgani haqida xabar qilingandi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borayotganini ma’lum qilgan. Rossiyada ushbu vaksina bilan birinchi bo‘lib tibbiyot xodimlari emlanishi ma’lum qilingan. Vaksinatsiya sentyabrdan boshlanadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|