Главная » 2021 » Февраль » 7 » Saida Mirziyoyeva: «Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish uncha qo‘limdan kelmas edi»
16:59

Saida Mirziyoyeva: «Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish uncha qo‘limdan kelmas edi»


Kecha farzandlarim bilan lag‘mon pishirdik va bu taom bilan bog‘liq bir voqea esimga tushdi. Farzandlarimga aytib berdim, bu yerda siz bilan ham bo‘lishmoqchiman.

Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish uncha qo‘limdan kelmas edi.  Faqat bitta ovqat — cho‘zma lag‘monni pishirishni bilardim desa ham bo‘ladi.

Bolaligimdan bu ovqatni juda yaxshi ko‘raman. Uni tayyorlashning qiyin tomoni — xamirni ingichka qilib cho‘zganda u uzilib ketmasligi kerak. Onam shunday o‘rgatganlar. Ancha harakat qilib, oxiri, eplab ketganman.

Shunday qilib, yangi oilada, yangi kelin sifatida yaqinlarimga mahoratimni namoyish etishga qaror qildim. Uyalib qolmaslik uchun onamdan lag‘monning batafsil retseptini so‘rab oldim. Onam masalliqlarning aniq ro‘yxatini yozdirdilar. Faqat bitta narsa — tuzni aytish xayollariga kelmabdi)

Shunday qilib, ko‘rinishi ishtahaochar lag‘monim pishdi. Mazasi esa... tuzsiz tasavvur qilavering)

Oila a’zolarimiz o‘ta xushmuomala bo‘lganlari uchunmi, lag‘monni maqtab-maqtab besh daqiqada paqqos tushirishdi. Tuzdon talash bo‘lgani esa... Hayotda shunaqasiyam bo‘lib turadi)), deb yozadi Saida Mirziyoyeva.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Saida Mirziyoyeva, ovqat qilish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz