17:16 Sakkiz mamlakat Oyni «bo‘lishib» oldi | |
Astronavtlar xalqaro kongressida Yerning yo‘ldoshi — Oyni o‘zlashtirish haqida shartnoma imzolandi. Shartnoma hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlardan tashqari foydali qazilmalarni qazib olishni ham ko‘zda tutadi, deyiladi NASA xabarida. Shartnomani imzolagan mamlakatlar — AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, BAA va Lyuksemburg. Amerikaning Oy loyihasi — «Artemis» sharafiga ushbu shartnoma Artemida kelishuvi deya nomlandi. «Artemida inson fazoni o‘zlashtirishi tarixida eng keng va turfa dasturga, Artemida kelishuvi esa ushbu global koalitsiyani yaratuvchi vositaga aylanadi», — dedi NASA ma’muri Jim Bridenstayn. NASA mutasaddisiga ko‘ra, endi foydali qazilmalarni qazib olish bazalari va ular atrofida, boshqa mamlakatlar bilan nizoga bormaslik uchun, xavfsizlik zonalarini barpo etish mumkin bo‘ladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|