21:43 Samarqanddan xushxabar. Yana 4 nafar bemor sog‘aydi | |
Samarqand viloyatida davolanayotgan 4 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul tuzaldi. Bu haqda bugun, 24 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi ushbu infeksiyaga chalinganlar bilan yaqin muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari esa voyaga yetmagan bola , barchasi Samarqand viloyatidan. So‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 621 nafarga yetdi. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 8 nafari vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|