15:46 Koronavirus: Toshkent va Xorazmda 18 nafar bemor sog‘aydi | |
Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlardan 1 nafari (4 yoshli bola) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Yana 1 nafari (40 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan charter reysda kelgan. Xorazm viloyatida sog‘ayganlarning 15 nafari joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 15 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlar Qoraqalpog'iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan 3 nafardan, Toshken, Xorazm viloyatlari va Toshken shahridan 2 nafardan, Namangan, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng kattasi 54 yoshda, eng kichigi 22 yoshda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|