18:30 Toshkent shahrida 106 nafar maktab o‘quvchisida koronavirus aniqlangan | |
Pandemiya mavsumidan 2021-yilning 9-mart kuniga qadar poytaxtdagi 61ta umumta’lim maktabining 106 nafar o‘quvchisida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi ko‘rsatma xatida ma’lum qilingan. Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasining bolalar va o‘smirlar o‘rtasida tarqalishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish maqsadida maktablarda karantin talablariga amal qilinayotgani ustidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|