Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » Shahzoda Muhammedova yana bir orzusi ushalganini aytdi
14:48

Shahzoda Muhammedova yana bir orzusi ushalganini aytdi


Kecha, 2 noyabr kuni aktrisa Shahzoda Muhammedova Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali Dubay shahridagi Delfinariyga sayohati haqida hikoya qilar ekan, yana bir orzusi ushalganini aytdi.
 
“Bugun, mening orzum ushaladigan kun. Aslida hamma hayvonlarni juda yaxshi ko‘raman. Lekin bugun singlim bilan juda baxtlimiz. Delfinlar bilan kechadigan bugungi kunimiz bir umr esda qolarli bo‘ladiganga o‘xshaydi. Ular biram shirin, biram yoqimtoy, buni so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Hammaga yaxshi kayiyat tilayman, bizda yoz”, deb yozadi Muhammedova.
 
Keyingi postda esa u orzusi haqida shunday deydi, “Orzularim doim ushaladi. Buning pinhona sirini aytaymi? Yaxshi niyat, havas, oq ko‘ngil va pokiza qalb!”
 
Ma’lumot uchun, aktrisa Dubayga yolg‘iz emas, singlisi va buvisi bilan jo‘nab ketgan. Bir necha oy avval u aktyor Azamat Ahrorov bilan Xitoy safarida bo‘lgan edi. O‘sha vaqtlarda Azamat Ahrorov Muhammedovaga turmush qurish taklifini bergan. Shahzoda Muhammedova bu borada saytimizga intervyu ham bergan edi. Shu kunlarda ularning munosabatlariga putur yetgan chog‘i, Muhammedovaning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida Ahrorov bilan tushgan suratlari ko‘rinmay qoldi. 

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda Muhammedova, orzusi, yana bir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz