11:56 Koronavirusning yana bir nozik tomoni topildi | |
AQShning Kanzas shtati universiteti olimlari koronavirusga qarshi terapevtik vositani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda «Science Daily» ilmiy nashri saytida xabar berilgan. Aniqlanishicha, 3CLpro sifatida tanilgan 3S-simon proteaz SARS-CoV-2 rivojlanishida asosiy ferment hisoblanadi. Olimlar proteaz ingibitorlarini MERS koronavirusini yuqtirgan laboratoriya sichqonlarida sinab ko‘rishdi. Natijada yuqumli kasallikning zaif nuqtasiga qaratilgan terapevtik vosita virus replikatsiyasini to‘xtatgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, dori vositalari to‘plami odamlar orasida tarqalgan nafaqat MERS, balki MERS-CoV va SARS-CoV-2 koronaviruslari ko‘payishining ham oldini olishga yordam beradi. Tajribada tavsiflangan preparatlar «Cocrystal Pharma» kompaniyasi tomonidan patentlangan va litsenziyalashtirilgan. Mutaxassislarning fikricha, dori vositalarining samarasini odamlarda sinab ko‘rish kerak.
Manba: "xabar.uz"
| |
|