09:20 Koronavirusning nozik joyi topildi | |
Rochester universiteti (AQSh) olimlari oddiy mavsumiy shamollash koronavirusning nozik joyi bo‘lishi mumkin, degan dalilni ilgari surishmoqda. Koronavirusdan tuzalgan 26 nafar bemorning qon namunalarini tahlil qilgan olimlar ularning aksariyatida V-hujayralar (shamollash oqibatida paydo bo‘ladi) to‘plami mavjudligini aniqlashdi, ushbu hujayralar SARS-CoV-2ni aniqlab, yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin. Ushbu namunalar sog‘lom odamlarning qon tahlillari va patogenlarni topib, eslab qoluvchi hamda ularga qarshi antitanalar ishlab chiqaruvchi V-hujayralar to‘plami bilan solishtirilgandan keyin ma’lum bo‘lishicha, bu hujayralar aksariyat koronaviruslar — tojsimon oqsillarning asosiy komponentlarini taniy olarkan. Ya’ni V-hujayralar «eski» namunalar asosida deyarli barcha beta-koronaviruslarni taniy olishi va ulardagi patogenlarni antitanalar ishlab chiqarib bostira olishi mumkin. Rochesterlik olimlarga ko‘ra, odatiy mavsumiy shamollashni boshdan o‘tkazgan odamlarda, buning natijasida ularning organizmi V-hujayralarni ishlab chiqargan taqdirda, koronavirusga qarshi tabiiy himoya paydo bo‘ladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|