17:12 Shayx Alouddin Mansur vafot etdi | |
O‘zbek xalqi va Islom olami uchun yana bir buyuk olimini yo‘qotdi. Shayx Alouddin Mansur rahimahulloh vafot etdi. Bu haqda «Azon.uz» xabar bermoqda. Shayx Alouddin Mansur, taniqli o‘zbek ulamolaridan. 1952-yilda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatining Qorasuv shahrida tug‘ilgan. Zamonasining atoqli olimlaridan tahsil olib, ilmini kamolga yetkazdi. Olim Qur’oni karim ma’nolarining o‘zbekcha izohli tarjimasini tayyorlashdek ulkan vazifani sharaf bilan ado etdi hamda uning tarjimasi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi o‘tkazgan tanlovda eng yaxshi deb topildi. Kitob 1991-1993-yillarda avval «Sharq yulduzi» jurnalida, keyin G‘afur G‘ulom va «Cho‘lpon» nashriyotlarida bir million nusxada bosildi. Shundan keyin shayx Alouddin Mansur 2000 yilda Qorasuv shahrida «Qur’oni karimni o‘rganish ilmiy markazi»ni tashkil etib, Qur’oni karim ma’nolarining rus, turkman, qozoq va qirg‘iz tillariga tarjima qilindi. Shayxning «Imom A’zam buyuk imomimiz» nomli asari ham nashr etilgan edi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|