13:09 Shayxontohurda OIV kasalligiga chalingan, intim xizmatlar ko‘rsatayotgan bir guruh shaxslar ushlandi | |
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida OIV kasalligiga chalingan va intim xizmatlar ko‘rsatuvchi bir guruh “Transvestit” shahslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi. Joriy yilning 28 oktyabr kuni IIV JQBB xodimlari tomonidan “Vazira” va “Dono” laqabli bo‘lgan va boshqa shaxslar internet tarmog‘iga o‘zining telefon raqamini joylashtirib, moddiy manfaatdorlik evaziga jinsiy aloqa bilan shug‘ullanayotganligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan. Ma’lumot bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Shayxontohur tumanining ko‘chalaridan biridagi xonadon tekshirilganda 25 yoshli bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, OIV infeksiyasiga chalingan, vaqtincha ishsiz, viloyatlardan birida doimiy ro‘yxatda turuvchi Sh.O., 31 yoshli, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz, S.U.ni mijozga 1 000 000 so‘m evaziga ikki marotaba jinsiy aloqa qilishlari uchun qo‘shib, ularga ushbu xonadonni alohida xonasidan joy ajratib, sharoit yaratib berganligi aniqlanib, Sh.O.dan xolislar ishtirokida 1 000 000 so‘m pullar daliliy ashyo tariqasida olingan. Bundan tashqari, ushbu xonadonda ma’lum miqdordagi pul evaziga mijozlarga intim xizmat ko‘rsatayotgan “Transvestit” shaxslar – 23 yoshli bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, OIV infeksiyasiga chalingan, vaqtincha ishsiz, B.D., 28 yoshli bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, OIV infeksiyasiga chalingan, vaqtincha ishsiz, Z.N., 26 yoshli bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz, G.F. ushlangan. Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar muqaddam SPIDga qarshi kurash markazlarida infeksiya bilan kasallanganligi va ular boshqa shaxslar bilan jinsiy aloqa qilgan taqdirda Jinoyat kodeksining 113-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida tilxat olinib, ogohlantirilganligi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, ushbu shaxslar Toshkent shahrining turli tumanlaridagi xonadonlarni ijaraga olib, u yerda ham internet orqali mijozlar qabul qilib, ularga intim xizmat ko‘rsatganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Shayxontohur tumani IIO FMB 2-sonli IIBga topshirilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|