11:39 ShHT raisligi O‘zbekistonga berildi | |
Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. ShHT 20 yilligi nishonlanayotgan mazkur yig‘ilishni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ochib berdi va navbatdagi raislik O‘zbekistonga berilganini e’lon qildi. ShHT yig‘ilishida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron prezidentlari, Pokiston, Mo‘g‘uliston, Rossiya va Xitoydan rasmiy vakillar, BMT kabi tashkilotlar vakillari bevosita ishtirok etmoqda. Xitoy raisi Si Szin Pin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi yig‘ilishda onlayn qatnashmoqda. Yig‘ilish davom etmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|