Главная » 2020 » Декабрь » 12 » SSV pandemiya yana avj olishiga sabab bo‘ladigan xavfdan ogohlantirdi
19:57

SSV pandemiya yana avj olishiga sabab bo‘ladigan xavfdan ogohlantirdi


Dunyoda infeksiya tarqalishi hanuz xavfli darajada turgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda kasallik nisbatan jilovlandi, deya olamiz. So‘nggi oylar mobaynida yurtimizda infeksiya tarqalishining biroz barqarorlashishi sababli koronavirusga moslashtirilgan 159 ta muassasadan 107 tasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha odatiy faoliyatini boshlab yubordi, 23 tasi esa konservatsiya qilindi, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, bu «endi bizda koronavirus xavfi yo‘q», deyishga asos bo‘lmaydi. Ayni paytda yurtimizdagi COVID-19 shifoxonalarida kasallikni ayrim simptomlari mavjud bo‘lib, gumon qilingan, pnevmoniyaga chalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlardan tashqari 2 ming nafardan ortiq koronavirusdan davolanayotganlarni ham unutmasligimiz kerak.

Koronavirusga qarshi kurash tadbirlari katta moliyaviy ta’minot talab qilishi hech kimga sir emas. Xususan, pandemiya davrida tibbiyot muassasalariga 55 dona rentgen, 2 ming dona funksional krovat, 1 ming 450 ta SIPAP, 3 ming 300 ta kislorod konsentrator va boshqa jihozlar, shuningdek, budjet hisobidan zamonaviy IVL, kardiomonitor va PZR apparatlari o‘z vaqtida yetkazib berildi.

Shuningdek, Zangiota tumanidagi 4000 o‘rinli ko‘p tarmoqli maxsus ikkita shifoxonaning, Yuqori Chirchiq tumanidagi 20 ming o‘rinli  koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan zamonaviy majmuaning qisqa fursatlarda qurib foydalanishga topshirilgani katta voqea bo‘ldi.

Davlat tomonidan berilayotgan bunday e’tiborga javoban, har bir fuqaro o‘z sog‘ligi uchun shaxsan javobgarlikni his qilishi, pandemiya tartib-qoidalariga rioya etishni kundalik odatga aylantirishi lozim.

Ammo hozirda koronavirus xavfi chekingani vajidan ko‘chalarda niqobsiz, sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilmay yurgan fuqarolar ko‘p uchramoqda.

Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi pandemiyaning mamlakatimizda yana avj olmasligi, eng avvalo, o‘zimizga bog‘liq ekanini eslatib o‘tadi. Shu sababdan ham barchangizdan koronavirus xavfining oldini olishda shaxsiy javobgarlik his qilishingizni, tibbiy niqoblardan sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishni bir zum ham unutmasligingizni so‘rab qoladi, deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xavfdan, ogohlantirdi, avj, SSV, pandemiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz