11:33 Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin? | |
Ko‘pchilik biror ishga kirishi, o‘qishi yoki boshqa hollarda sudlanganlik holati, sudlanganlik muddati, sudlanganlikning olib tashlanishi haqida to‘liq ma’lumot olishga qiziqadi. Sudlanganlik nima? shartli hukm qilinganlarga nisbatan - sinov muddati tugagan kundan boshlab; majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach; jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach; ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin - ikki yil o‘tgach; besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin - to‘rt yil o‘tgach; besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin - yetti yil o‘tgach; o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin - o‘n yil o‘tgach. Sudlanganlik holatining tugash muddati o‘tmasdan turib olib tashlash mumkinmi? shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lishi kerak; yuqorida sanalgan muddatlarning kamida yarmi o‘tgan bo‘lishi kerak; jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi sudga sudlanganlikni olib tashlash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilishi kerak.
Temur Nazarov
Manba: "qalampir.uz"
| |
|