10:52 Surxondaryoda dahshatli YTH: ikki kishi yonib ketdi | |
Kecha, 29 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi yonib ketdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi. YTH soat 23:50 atrofida tumanning “Zarbdor” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Qiziriq-Bandixon” 4R-100 avtomobil yo‘lining 81 kilometrida yuz bergan. Tumanning “Oqjar” mahallasida yashovchi T.Z. Malibu rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib borayotganida, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, tumanning “Hamkon” mahallasida yashagan, X.O‘. boshqaruvidagi VAZ-21011 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan. VAZ-21011 rusumli avtomashinasida yong‘in chiqib yonib ketgan. Natijada VAZ-21011 haydovchisi, X.O‘. va yonida bo‘lgan yo‘lovchisi tumanning “Zarbdor” mahallasida yashagan, J.A. “yong‘indan kuyish kabi hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati olishib voqea joyida vafot etishgan. Holat yuzasidan T.Z.ga nisbatan 30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yong‘inni bartaraf qilish uchun 2 ta ekipaj chiqib soat 00:05 da o‘rab olinib, soat 00:15 da yong‘in o‘chirilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|